1

Buxoroda 13 yoshli qiz ammasining o`g`lidan farzandli bo`lganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 15.12.2021, 21:45
Teglar: Jondor tumani
Buxoroda 13 yoshli qiz ammasining o`g`lidan farzandli bo`lganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Buxoro viloyati Jondor tumanida maktabda tahsil oluvchi 13 yoshli qiz ammasining 20 yoshli o`g`lidan farzandli bo`lgan.  

Tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri Latofat Jo`raevaning so`ziga ko`ra, 2008 yilda tug`ilgan Sh.M. Buxoro shahrida yashovchi ammavachchasi R.T. bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan. Bir necha yil ilgari o`rta maktabni tugatgan R.T. ishlash uchun Rossiyaga ham qatnab yurgan. Xabarda aytilishicha, u qizning yosh va soddaligidan foydalangan.

Bosh prokurorining matbuot kotibi xabar berishicha, holati  yuzasidan 30 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishiga gumondor shaxs (2003 y.t.) tergovga jalb qilingan.  

Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1