Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga 10 mingta bo`sh ish o`rinlari taklif etilmoqda.
Tashqi mehnat migrasiyasi ma`lumotiga ko`ra, ushbu ish o`rinlari Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o`lkasida joylashgan.
Ma`lumot uchun, fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O`zbekistonda rasmiylashtiriladi. Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini esa tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanishi aytiladi.
Quyida bo`sh ish o`rinlari bo`yicha tanlov o`tkaziladigan sana va hududlar bilan tanishing:
16 dekabr soat 11:00 da:
- Andijon viloyati
Andijon sh., Bobur sh. ko`ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo`ljal: Sobiq afg`on bog`i ro`parasi, Transport kolleji).
95 202-33-55;
- Buxoro viloyati
Buxoro sh., Piridastgir ko`ch,. 13-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi.
65 226-56-99, 99 708-49-98.
- Jizzax viloyati
Jizzax sh., Jizzaxlik MFY, Sh.Rashidov sh., ko`ch., 44-uy "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo`ljal: 1-sonli notarial idora, San`at kolleji).
72-223-90-66, 72-223-90-65.
- Qashqadaryo viloyati
Qarshi sh., A.Navoiy ko`ch., 70a-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo`ljal: Oydin bozori ro`parasi).
55 401-61-69, 97 293-27-52, 97 770-04-92.
- Toshkent viloyati
Oqqo`rg`on t., Tolovul MFY, Oybek ko`ch., "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo`ljal: Eski Qizil tom kolleji)
70 202-06-20, 99 823-73-15.
17 dekabr soat 11:00 da:
- Namangan viloyati
Namangan sh., Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.
69 227-94-64, 69 227-97-27.
- Navoiy viloyati
Karmana t., Tolqoq, 10-uy. Kunlik ish markazi.
79 224-11-60.






