Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida senatorlar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqdi, deya xabar qildi Senat Matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasi 3-bandi va “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Shuhrat Muhammadovich Mahmudov, Rustam Raxmonovich Xaydarov va Djamol Jaxonovich Choriev o`n yillik muddatga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash to`g`risida qaror qabul qilindi.






