1

Moskvada bayramda terakt uyushtirishni rejalashtirgan bir guruh shaxslar aniqlandi

Dunyo 05.05.2016, 09:45
Teglar: Terakt, Terror
Moskvada bayramda terakt uyushtirishni rejalashtirgan bir guruh shaxslar aniqlandi

Federal xavfsizlik xizmati xodimlari 9 may bayramida terakt uyushtirishni rejalashtirgan bir guruh Markaziy Osiyolik fuqarolarni aniqladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

“Rossiya Federasiyasi federal xavfsizlik xizmati tomonidan Moskva shahrida o`tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan, Suriya va Turkiya hududlarida harakatda bo`lgan terroristik tashkilotlarning topshirig`i bilan may bayrami kunlari Moskva shahrida terakt uyushtirishni rejalashtirgan bir guruh fuqarolar aniqlandi”, – deb xabar berdi federal xavfsizlik xizmati. 

Ulardan katta miqdorda portlovchi moddalar va o`q otish qurollari olingan, qo`lga tushgan fuqarolar ayblarini tan olishgan.

Sharhlar

Istanbul markazidagi teraktni sodir etgan shaxs hibsga olindi, u ayol kishi

14.11.2022, 09:28

Turkiyaning Istanbul shahri markazidagi Istiqlol ko`chasida uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchini qo`lga olindi, deya xabar bermoqda “Anadolu”ga tayanib "interfax".Ma`lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yakshanba kuni...
«Menga umr bergan Ollohning ko`rsatmalariga amal qilaman»: ikki yil oldin Nyu-Yorkda terakt sodir etgan Sayfulla Soipov sud oldida javob berdi

19.11.2019, 15:28

2017 yilning 31 oktyabr kuni Nyu-Yorkda yuk mashinasi Manxetten hududining janubi-g`arbiy qismidagi velosiped yo`liga chiqib, 8 kishining umriga zomin bo`lgan, yana 12 kishi jarohat olgan.18...
LONDON METROSIDA TERAKT SODIR BO`LDI

15.09.2017, 14:45

London metrosining Parsons-grin bekatida portlash yuz berdi, jabrlanganlar bor, deya xabar beradi The Sun nashri.Bir necha kishi kuyish jarohatini oldi. Polisiya hodisani terakt deb baholadi.Xabarlarga...
​ShAVKAT MIRZIYoEV POKISTON VA AFG`ONISTON DAVLAT RAHBARLARIGA HAMDARDLIK MAKTUBI YO`LLADI

26.07.2017, 12:24

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston hamda Afg`oniston Islom Respublikalari rahbarlariga maktub yo`lladi. Ularning matni TIV rasmiy saytida e`lon qilindi. Xususan, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1