AsosiyJamiyat

"G`isht ko`prik" bojxona chegara posti yaqinida qalbaki PSR test ma`lumotnomasini pullayotgan shaxs ushlandi

'"G`isht ko`prik" bojxona chegara posti yaqinida qalbaki PSR test ma`lumotnomasini pullayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Ayni paytdada Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan Toshkent tumani «G`isht ko`prik» bojxona chegara posti yaqinida tezkor tadbir o`tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati. 

Tadbir davomida SSV nomidan (PSR) qalbaki ma`lumotnomalarini tayyorlab, uni pullayotgan shaxs dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Shu o`rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bir yoqlama e`lon qilingan axborotlarni tarqatmasliklarini, fuqarolardan xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakili (IIO xodimi)ga qarshilik ko`rsatmaslikni va faoliyatiga xalal bermaslikni so`raymiz.

Bu holatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi", - deyilgan tezkor xabarda. 

    Boshqa yangiliklar