AsosiyDunyo

Yaponiyadagi yong`in oqibatida 27 kishi halok bo`ldi

'Yaponiyadagi yong`in oqibatida 27 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Yaponiyaning Osaka shahridagi temiryo`l vokzali yaqinidagi binoning 4-qavatida yuz bergan yong`in oqibatida kamida 27 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong`in vaqtida voqea joyiga 30ga yaqin o`t o`chirish guruhlari etib kelgan va yong`inni yarim soatga yaqin vaqt ichida o`chirishga muvaffaq bo`ldi. 

Polisiya xabar berishicha, binoda klinika, go`zallik saloni va bir nechta ofislar bo`lgan. Halok bo`lganlar yong`indan kelib chiqqan tutun oqibatida vafot etgani aytilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar