Iroq shimolidagi Erbil shahrida kuchli yog`ingarchilik tufayli kamida 8 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Kurdistan-24 telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, yog`ingarchilik kuchli selga sabab bo`lgan. Natijada, yo`llar balchiqqa botgan, mashina va avtobuslar oqib ketgan. Shahar katta moddiy zarar ko`rgan. Hozirda jabrlangan va moddiy zarar ko`rganlar o`rganilmoqda.
Shuningdek, sel tufayli bedarak yo`qolganlar bor. Qutqaruvchilar bedarak yo`qolganlarni izlash ishlarini davom ettirmoqda.