1

Toshkentdagi professional boks kechasida O`zbekistonning 7 vakili ham g`alaba qozondi

Sport 17.12.2021, 23:44
Teglar: Boks
Toshkentdagi professional boks kechasida O`zbekistonning 7 vakili ham g`alaba qozondi

17 dekabr kuni Toshkentda professional boks kechasi (Boxing Night 2) bo`lib o`tdi. Unda 7 nafar o`zbekistonlik bokschi ringga ko`tarildi. 

Aytish kerakki, oqshom janglarida ringga ko`tarilgan barcha bokschilarimiz g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lishdi

Quyida jangchilarimiz ishtirokidagi natijalar bilan tanishingiz mumkin:

-79,39 kg vaznda Dilshodbek Ro`zmetov rossiyalik Maksim Smirnovni 6 raundlik jangda ochkolar evaziga mag`lub etdi;  

-69,85 kg vazn Iqboljon Xoldorov belaruslik Dmitriy Miliushani 1-raunddayoq nokaut qildi;  

-58,97 kg vaznda Elnur Abduraimov Filippin vakili Jon Geminoni 6-raundda nokautga uchratdi;  

-80,29 kg vaznda Bektemir Meliqo`ziev rossiyalik Sergey Ekimovni 8 raundlik jangda ochkolar evaziga mag`lub etdi;

-48,99 kg vaznda Hasanboy Do`smatov 4-raunddan so`ng Xose Rivasni (Meksika) texnik nokautga uchratdi;

-64,86 kg vaznda Shahram G`iyosov 10 raundlik jangda argentinalik Kristian Koriani ochkolar evaziga ko`ra mag`lub etdi;

-69,85 kg vaznda Isroil Madrimov fransiyalik Mishel Soroni to`qqizinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Sharhlar

Bokschi qizlar jahon chempionatida qatnashish uchun Turkiyaga jo`nab ketdi (tarkib)

06.05.2022, 09:11

Bir necha kundan so`ng, 9 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo`yicha ayollar o`rtasida jahon chempionati boshlanadi. Bugun musobaqada qatnashadigan O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Turkiyaga...
Bugun 4 nafar bokschimiz g`alabali yurishini davom ettirdi

24.01.2022, 22:35

Toshkentda davom etayotgan boks bo`yicha 22 yoshgacha bo`lgan erkaklar va ayollar o`rtasida Osiyo chempionati bahslari qizg`in davom etmoqda. Musobaqaning bugungi, ya`ni 24-yanvar sanasiga belgilangan dasturida...
Boks. Yoshlar va o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionati mezboni ma`lum qilindi

06.01.2022, 21:38

27 fevral - 15 mart kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahri boks bo`yicha yoshlar va o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.  Bu haqda Osiyo boks konfederasiyasi...
2021 yilning eng yaxshi boks jangi ma`lum qilindi

31.12.2021, 09:16

"The Ring" nashri talqiniga ko`ra, 2021 yilning eng yaxshi boks jangi ma`lum qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi. Unga ko`ra, ukrainalik Aleksandr Usik va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1