AsosiyJamiyat

Memorandum imzolandi: axborot iste`molchilarining huquqlari himoya qilinadi

'Memorandum imzolandi: axborot iste`molchilarining huquqlari himoya qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi o`rtasida Memorandum imzolandi.

Uyushma raisi Olimjon O`sarovning ma`lum qilishicha, ikki tashkilot  o`rtasidagi kelishuv — Memorandum imzolanishidan ko`zlangan asosiy maqsad axborot iste`molchilarining huquqlarini himoya qilishdan iborat.

"Yangi O`zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida axborot iste`molchilarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati OAVda keng yoritilib borishini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.  

Mana shu jarayonda mamlakatimizda qariyb 2000 ga yaqin OAV faoliyat ko`rsatmoqda. Axborot maydonida faoliyat ko`rsatayotgan barcha jurnalistlar va blogerlar aholiga xolis, haqqoniy axborot etkazib bermoqdami? Afsuski, bu savolga hamma vaqt ham ijobiy javob berish qiyin. Ayni jarayonda axborot iste`molchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish juda muhim", - deya mulohaza qiladi Olimjon O`sarov. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar