O`zbekiston U-23 terma jamoasi Toshkentdagi yig`inini yakunlab, Turkiyaga yo`l oldi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, vakillarimizning Antaliyadagi o`quv-mashg`ulot yig`ini 28-dekabrga qadar davom etadi.
Mazkur yig`inga quyidagi futbolchilar chaqirilgan:
Darvozabonlar: Shukron Yo`ldoshev ("Paxtakor"), Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik"), Vladimir Nazarov ("Olimpik")
Himoyachilar: Abubakr Rizo Turdaliev ("Nasaf"), Dostonbek Tursunov ("Olimpik"), Muhammadqodir Hamraliev ("Dinamo"), Eldorbek Begimov ("Olimpik"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Sunnatulloh Hamidjonov ("Olimpik"), Shahzod Toirov ("Olimpik"), Alibek Davronov ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor"), Abdurauf Bo`riev ("Olimpik"), Davron Anvarov ("Olimpik"), Jasurbek Jaloliddinov ("Lokomotiv"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Farruxbek Muxtorov ("Olimpik"), Muhammadaziz Ibrohimov ("Olimpik"), Jaloliddin Sodiqov ("Olimpik"), Behzod Shamsiev ("Olimpik")
Hujumchilar: Alisher Odilov ("Olimpik"), Otabek Jo`raqo`ziev ("Olimpik"), Ulug`bek Hoshimov ("Neftchi"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Husayn Norchaev ("Nasaf"), Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik"), Temur Mamasiddiqov ("Olimpik")