2021-yilning 19-20-dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar idoralari rahbarlarining uchinchi yig`ilishida ishtirok etish uchun Dehli shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir ishtirokchilari Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasidagi hamkorlik masalalari, Muloqotning institusional asoslarini mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari, mintaqalararo o`zaro aloqalarni chuqurlashtirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.