Irlandiya hukumati koronavirusning yangi shtammi "omikron" tufayli 19 dekabrdan mamlakatda bir nechta chora-tadbirlarni e`lon qilmoqchi. Bu haqda SkyNews xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat bosh vaziri Maykl Martin ham "omikron" jadallik bilan ko`payib borayotgani va shifoxonalarda bo`sh joylar borasida tanqislik yuzaga kelishi mumkinligini ta`kidladi.
Irlandiyada komendantlik soati 2022 yilning 30 yanvariga qadar davom etishi ma`lum qilinmoqda. Shuningdek, restoran, ko`ngilochar joylarda ham ishlash vaqti qisqartirilishi aytilmoqda.