Prezident Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari Seul shahrida Koreya Respublikasining etakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazdi.
Shuningdek, 17 dekabr kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok bilan uchrashuv o`tkazdi.