Ayni paytda tumanimizda boshlangan yomg`ir aralash kuchli shamol bo`lmoqda.
Kitob tumani hokimligi Axborot xizmatining tuman aholisini ogohlantirishicha, buning oqibatida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi podstansiyalarda avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi tufayli favqulodda o`chish holatlari yuz bergan.
"Kitob TETK tasarrufidagi barcha podstansiyalar va havo liniyalariga xizmat ko`rsatuvchi texnik-muhandislar kuchaytirilgan tartibda xizmat qilishmoqda, navbatchilar safiga qo`shimcha brigadalar jalb etilgan, barcha texnika va kerakli jihozlar shay holatga keltirilgan.
Ayni soatlarda favqulodda o`chish oqibatlari bartaraf etilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz», – deydi korxona rahbari Baxtiyor Jo`raev.






