AsosiyJamiyat

2022-2023 o`quv yilidan boshlab maktablarga 45 nomdagi Kembrij nashriyotining ingliz tili va informatika darsliklari joriy etiladi

'2022-2023 o`quv yilidan boshlab maktablarga 45 nomdagi Kembrij nashriyotining ingliz tili va informatika darsliklari joriy etiladi'ning rasmi

AOKAda Xalq ta`limi vazirligi mutasaddilari hamda Respublika ta`lim markazi direktori Shuhrat Sattorov ishtirokida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ta`lim mazmunidagi tub islohotlar: zamonaviy dastur va darsliklar tahlili yuzasidan ma`lumot berilmoqda.

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan mahalliy olimlar va UNICEF xalqaro ekspertlari bilan birgalikda Milliy o`quv dasturini yaratish ishlari yakuniga etkazildi.  

Milliy o`quv dasturi loyihasini tayyorlashda 246 nafar milliy ekspertlar, jumladan 119 nafar maktab o`qituvchi, oliy ta`lim tizimidan 105 nafar professor-o`qituvchi, 22 nafar fan metodisti, shuningdek UNICEF va USAID xalqaro tashkilotlari orqali jalb qilingan 16 nafar xalqaro ekspert ishtirok etdi.  

Milliy o`quv dasturning komponentlari:

-Malaka talablari (DTS);  

-Fan konsepsiyalari;

-O`quv reja;  

-Fan o`quv dasturlari;

-O`qitish metodologiyasi;

-Baholash tizimidan iborat.  

- 5 ta fanni integrasiyalagan "Tabiiy fan"ning o`ziga xosligi

-“Augemented reality”  – kengaytirilgan borliq texnologiyasining afzalliklari

Milliy o`quv dasturiga asoslangan darsliklarni to`liq yozib tugatish 2025 yilning oxiriga qadar davom etadi. Barcha fanlar kesimida 1-11 sinf darsliklari to`liq to`plamda yagona guruh tomonidan yaratilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar