AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda ro`yxatdagi extiyojmand oilalarning deyarli barchasi “temir daftar”dan chiqarilgan. Xo`sh, qanday qilib?

'Qoraqalpog`istonda ro`yxatdagi extiyojmand oilalarning deyarli barchasi “temir daftar”dan chiqarilgan. Xo`sh, qanday qilib?'ning rasmi

O`z murojaatnomasida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariev “temir daftar”dagi extiyojmand oilalar tarkibida bo`lgan mehnatga layoqatli ishsizlarning 45 149 nafari (99,7%) bandligi ta`minlangani va “temir daftar”dagi oilalarning 94 foizi kambag`allikdan chiqarilgani haqida ma`lumot berdi.

Bunga izoh sifatida u: “Bugunga qadar kambag`allik darajasini qisqartirish yuzasidan ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tegishli qarorlari bilan qo`shimcha daromadlar manbai yaratilgan 30 371 ta ehtiyojmand oilaning 94 foizi ro`yxatdan chiqarilgan. Lekin ularning hammasi nazoratda”, - dedi.

Uning hisob berishicha joriy yilda "Temir daftar"ga kiritilgan 15190 ta oilaga hamda "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan jami 94 ming nafardan ziyod fuqarolarga har tomonlama amaliy yordam ko`rsatildi, jami 3 ta jamg`armaga mahalliy byudjetdan 42,6 mlrd. so`m mablag` ajratilgan.

Hozirda “temir daftar”da qolayotgan 2062 ta 
(7 943 nafar oila a`zosi) ehtiyojmand oilalarni turmush holatini yaxshilash bo`yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar (jumladan, moddiy yordam ko`rsatib borish, oziq-ovqat mahsuloti bilan ta`minlash, ko`rikdan o`tkazib tibbiy yordam ko`rsatish, ularning ijtimoiy muammosi echimi ishlari) amalga oshiriladi.

 

Sardorbek Rahmonqulov

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar