AsosiyJamiyat

6 may kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etadi. Kechasi 14-16, kunduzi 28-30 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17,  kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent,  Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi. 

Samarqand viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 20-25, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi.  Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar