AsosiyJamiyat

Prezidentning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqoti uchun tashkil etilgan “Sall-markaz”ga 1500 dan ortiq murojaat kelib tushdi — SSV

'Prezidentning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqoti uchun tashkil etilgan “Sall-markaz”ga 1500 dan ortiq murojaat kelib tushdi — SSV'ning rasmi

 Shavkat Mirziyoevning yurtimiz tibbiyot xodimlari bilan "O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida ochiq muloqot o`tkazishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur ochiq muloqot doirasida Cog`liqni saqlash vazirligi tomonidan maxsus “Sall-markaz” faoliyati yo`lga qo`yildi.

 “Sall-markaz”ga shu kunga qadar tibbiyot xodimlari va aholi vakillaridan jami 1512 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tibbiyot xodimlari murojaatlarining 783 tasi (80 foizi) o`z echimini topgan bo`lsa, 190 tasi (20 foizi) ijro jarayonida.

Hududlar kesimida tahlil qilinganida,  eng ko`p murojaat Toshkent shahri (158 ta), Qashqadaryo (100 ta) va Farg`ona (89 ta), Andijon (82 ta) viloyatlari hissasiga to`g`ri kelmoqda.

Ko`tarilgan masalalarni o`z vaqtida hal etish va bildirilgan takliflarga kompleks yondashish maqsadida murojaatlar:

  •  birlamchi tibbiy yordam,  
  •  shoshilinch va tez tibbiy yordam,  
  •  ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati,  
  •  ilm-fan,  
  •  oliy tibbiy ta`lim,  
  •  tibbiy-ijtimoiy himoya,  
  • farmasevtika,  
  • onalik va bolalikni muhofaza qilish,  
  •  sanitariya-epidemiologiya xizmati,  
  • xususiy tibbiyot,
  •  malaka oshirish,
  •  sog`lom turmush tarzi,
  • yuridik xizmat,
  •  o`rta maxsus tibbiy ta`lim,
  •  davlat-xususiy sherikchilik kabi qator yo`nalishlarga ajratilgan.  

Misol uchun, shu paytgacha yo`llangan murojaatlarning 297 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`iniga, 109 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga, 95 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga, 74 tasi ilm-fan yo`nalishiga daxldor.  

Yuqoridagilardan:  

  • birlamchi tibbiy yordam xizmati bo`yicha 204 ta;
  • tez tibbiy yordam xizmati bo`yicha 80 ta;
  • ixtisoslashgan markazlar faoliyati bo`yicha 69 ta;
  • ilm-fan yo`nalishi bo`yicha 72 ta murojaat o`z vaqtida hal qilingani ahamiyatlidir.

 

    Boshqa yangiliklar