AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2022 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi

'O`zbekistonda 2022 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi'ning rasmi

 Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi:

  •  barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat`i nazar): 3 yanvar - dushanba, 22 mart - seshanba, 23 mart - chorshanba, 11 iyul - dushanba, 2 sentyabr - juma;
  •  olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4 yanvar - seshanba, 4 may - chorshanba, 5 may - payshanba, 12 iyul - seshanba, 3 sentyabr - shanba va 31 dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo`yidagi tartibda ko`chirildi:

  • 8 yanvar - shanba kunidan 4 yanvar - seshanba kuniga;
  • 7 may - shanba kunidan 4 may - chorshanba kuniga;
  • 14 may - shanba kunidan 5 may - payshanba kuniga;
  • 16 iyul - shanba kunidan 12 iyul - seshanba kuniga.

    Boshqa yangiliklar