AsosiyJamiyat

Namanganda "Nexia-3" "Man"ga borib urildi

'Namanganda "Nexia-3" "Man"ga borib urildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Namangan shahrida sodir bo`lgan YTH yuzasidan YHXBB quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.

Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati, Namangan shahri hududidan o`tuvchi 4R-112 avtomobil yo`lining 65-kilometrida haydovchi, 2000 yilda tug`ilgan M.B. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli hamda haydovchi, 1984 yilda tug`ilgan A.V. boshqaruvidagi "Man" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, "Nexia-3" rusumli avtomobilda bo`lgan yo`lovchilar, 2000 yilda tug`ilgan O.M. va 2002 yilda tug`ilgan M.Z. tan jaroxatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar