AsosiySport

Dzyudo bo`yicha yoshlar terma jamoasi xalqaro turnirda nechta medalga ega bo`ldi?

'Dzyudo bo`yicha yoshlar terma jamoasi xalqaro turnirda nechta medalga ega bo`ldi?'ning rasmi

Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida dzyudo bo`yicha yoshlar (2005-2006) o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tdi.

Qirg`izistonlik afsonaviy murabbiy Petr Telpizov xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan Kyrgyzstab Open-2021 turnirida mezbonlardan tashqari O`zbekiston, Rossiya va Qozog`istondan kelgan yosh dzyudochilar tatamiga chiqdi.

Quvonarlisi, Otamurod Husanov, Sanjar Rahmatov murabbiyligidagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchilari Bishkekdagi turnirda jami 11 ta medalga ega chiqishdi.

G`olib va sovrindor dzyudochilarimiz:

Oltin medal

-60 kg: Farruh Hamdamov  

-66 kg: Saddam Husanov

+70 kg: Sevinch Turaqulova

Kumush medal

-55 kg: Samariddin Qo`chqorov

+57 kg: Ruxshona Berkinbaeva  

-66 kg: Otabek Husanov

Bronza medal

-52 kg: Fotima Berkinbaeva

-55 kg: Behruz Mirahmatov

-57 kg: Nozigul Xolmirzaeva

-66 kg: Bekzod O`ktamov

-81 kg: Javohir Xayitaliev

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar