AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonga Kaspiy dengizi orqali sovuq havo kirib keladi

'Bugun O`zbekistonga Kaspiy dengizi orqali sovuq havo kirib keladi'ning rasmi

Bugun, 21 dekabr kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

"O`zgidromet"ning ma`lum qilishicha, respublika bo`ylab yog`ingarchiliksiz havo kutilgan bo`lsada, kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatlarida, kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryoda viloyatlarining ayrim hududlarida yomg`ir yog`ishi mumkin.

Shuningdek, tuman tushishi ham ehtimoldan yiroq emas. Shamol 7-12 m/s gacha esadi. Ba`zi joylarda 25-28 m/s ni ham tashkil etishi mumkin.

Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10m/s gacha esishi, kechga tomon 13-15m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-20 daraja iliq bo`lishi aytiladi.

Shuningdek, tog`li hududlarda  yog`ingarchilik kuzatiladi. Joylarda biroz kuchliroq ham bo`lishi mumkin. Shamol  17-22m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat 5-10daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar