“Ta`lim muassasalarida yo`l harakati qoidalari targ`ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Qarorda Ichki ishlar vazirligining Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatining amaldagi shtat birliklari doirasida Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalarida 1 nafardan oliy pedagogik ma`lumotga ega, ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda xizmat olib boruvchi alohida katta inspektor lavozimini joriy etish belgilangan.
Ma`lumot uchun, ta`lim muassasalarida xizmat qiluvchi katta inspektorga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:
- Ta`lim muassasalarida yoshlar o`rtasida targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borish, viktorina va musobaqalarni tashkil etish, tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta`minlash;
- maktablarda yo`l harakati qoidalarini o`rgatish bo`yicha yaratilgan sharoitlarni o`rganig, monitoring qilish va baholash;
- aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnomalar, axborotnomalar kiritadi;
- ta`lim muassasalarida mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish;
- har haftada Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati havfsizligi bosh boshqarmasiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berish.
Qarorda qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar o`quvchilarda yo`l harakati qoidalari bo`yicha ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan hamda ularning yo`l harakati qoidalari bo`yicha savodxonligini aniqlash mexanizmini yaratiladi.






