Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, noyabr oyida yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan o`rtacha 1,9 % ga qimmatlashgan.
Yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari noyabr oyida yil boshidan buyon o`rtacha 5,8 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.
Shaharlararo avtobusda yo`l haqi narxlari noyabr oyida yil boshidan buyon o`rtacha 9,4 % ga qimmatlashgan.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 55,2 % ni tashkil etgan.






