AsosiyJamiyat

O`qituvchi malaka toifasini olish uchun attestasiya o`tkaziladgan saytda ro`yxatdan o`tolmasa, nima bo`ladi?

'O`qituvchi malaka toifasini olish uchun attestasiya o`tkaziladgan saytda ro`yxatdan o`tolmasa, nima bo`ladi?'ning rasmi

Repetisiya jarayonida ro`yxatdan o`ta olmasangiz bu muammo emas, lekin asosiy jarayonlarda ro`yxatdan o`ta olmasangiz u holda malaka toifasini olish uchun o`tkaziladigan Attestasiyada ishtirok eta olmaysiz.

Ro`yxatdan o`zingiz mustaqil ravishda o`tishda qiynalayotgan bo`lsangiz ro`yxatdan o`tishning asosiy jarayonlarida, ya`ni yanvar-fevral oylarida  Davlat xizmatlari markaziga borishingiz mumkin.  

U erda  mas`ul xodimlar Sizga ro`yxatdan o`tish va murojaat yuborishingizda amaliy yordam berishadi.

Pedagog kadrlar attestasiyasiga oid yangiliklarni Ta`lim inspeksiyasining  telegram kanali (@uztdi) orqali kuzatib borishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar