AsosiyDunyo

Kubada bir necha panjali jo`ja tuxumdan chiqdi. (Foto)

Kubaning Artemis viloyatidagi Fero qishlog`idagi oilalardan birida may oyning boshlarida to`rt panjali jo`ja tuxumdan chiqdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Xabar yashin tezligida tarqalgani sababli, ushbu  uy oldida g`aroyib jo`ja bilan rasmga tushishni xohlovchilar bilan to`lib-toshdi. 

Jo`janing tabiiy ikki panjasi bor, qolgan ikkita panjasining o`lchami qichkina. U boshqa jo`jalar kabi yaxshi rivojlanmoqda, ortiqcha oyoqlari unga xalaqit qilmaydi. Muvozanatini yo`qotmaydi, qiyinchiliksiz harakat qiladi. 

Bunday jo`janing tug`ilishi kamdan-kam uchraydigan holat. Mutaxassislarning xotirlashicha, 1990 yilda sharqiy viloyat bo`lmish Las-Tunasda va 2005 yilda Matansasda xuddi shunday voqea ro`y bergan.    

 

G`aroyib jo`janing egalari er-xotin Idaliya va Xuan Antonio tovuqlari soni g`aroyib jo`ja bilan boyiganidan behad xursand, ammo jo`jani qoldirish yoki tadqiqot institutiga topshirish masalasini hal etish yuzasidan bir qarorga kelishgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar