AsosiyDunyo

Filippinda "Ray" to`foni oqibatida halok bo`lganlar soni 375 kishiga etdi

'Filippinda "Ray" to`foni oqibatida halok bo`lganlar soni 375 kishiga etdi'ning rasmi

Filippinning markaziy va janubi-sharqiy qismlarini qamrab olgan "Ray" to`foni oqibatida vafot etganlar soni 375 nafarga etdi. Bu haqda AsiaNews telekanali xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha,  tayfun sabab bo`lgan suv toshqinlari, kuchli bo`ronlar, ko`chkilar oqibatida 56 nafar bedarak yo`qolgan.

Ta`kidlanishicha, to`fon tufayli aloqa liniyalari va mobil telefon tarmoqlari shikastlangan, aloqada qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Mamlakat prezident Rodrigo Duterte zarar ko`rgan hududlarga zaruriy ehtiyojlarni bartaraf etish uchun 40 million dollar yordam berilishini ma`lum qildi.

Boshqa yangiliklar