1

"Opiy", "Gashish", "Marixuana"...   Surxondaryoda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi uyushgan guruh fosh etildi  

Jinoyat 22.12.2021, 08:57
"Opiy", "Gashish", "Marixuana"...    Surxondaryoda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi uyushgan guruh fosh etildi   

Surxondaryoda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi bir emas, bir necha shaxslar ushlandi. Viloyat IIB fosh etilgan ushbu uyushgan guruh haqida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 15 noyabr kuni soat 23:00 larda Termiz shahrida  "Bo`ston" mahallasi hududida noma`lum shaxs ushbu hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIB PPXB xodimlari tomonidan tekshirilganida, uning yonidan 1 dona gugurt qutisiga qadoqlangan, sof vazni 3.55 gramm "Marixuana" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Surishtiruv davomida fuqaro ushbu moddani tanishi, shaharning "Ma`rifat" mahallasida yashovchi fuqarodan 300.000 (uch yuz ming) so`mga sotib olganligini aytgan.

Tadbir davomida unga ushbu vositani pullagan fuqaro 17 noyabr kuni soat 12:00 larda  sof vazni 0.40 gramm "gashish"ni tadbirda foydalanilgan pullar evaziga sotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

U ushbu giyohvandlik vositasini shaharning "Majnuntol"mahallasida yashovchi, odamdan  250.000 (ikki yuz ellik ming) so`mga sotib olganligini aniqlangan.

Shundan so`ng, "Majnuntol" mahallasida ham tadbir o`tkazilgan.

Ushbu mahallada tadbirga asosan bir bo`lak, sof vazni 0.78 gramm "gashish" giyohvandlik vositasini sotilayotan vaqtda ushlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Tadbirda ushlanganlarning barchasiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1