AsosiyJamiyat

Qirg`iziston prezidenti Otabek Umarovni faxriy yorliq bilan taqdirladi

'Qirg`iziston prezidenti Otabek Umarovni faxriy yorliq bilan taqdirladi'ning rasmi

Prezident Sadir Japarov Markaziy Osiyo MMA Konfederasiyasi rahbari Otabek Umarovni Qirg`iziston Respublikasining Faxriy yorlig`i bilan taqdirlash to`g`risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda "kabar.kg" xabar berdi. 

Hujjatga ko`ra, Qirg`iziston Respublikasi bilan O`zbekiston Respublikasi o`rtasida madaniyat va sport sohasidagi do`stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo`shgan salmoqli hissasi uchun Markaziy Osiyo MMA (aralash san`at) konfederasiyasi rahbari, Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidentiUmarov Otabek Muxammadalievich Qirg`iziston Respublikasining Faxriy yorlig`i bilan taqdirlanadi.  .

    Boshqa yangiliklar