Bugungi kunda pilot loyiha doirasida Rossiya Federasiyasi ish beruvchi tashkilotlari tomonidan respublikamiz bo`ylab tanlovlar o`tkazilmoqda.
Ushbu tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolarning navbatdagi guruhi - 39 nafar yurtdoshimiz Moskva shahriga ishlash uchun jo`nab ketdi.
Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolarga odam savdosi bilan bog`liq jinoyat qurboni bo`lib qolishning oldini olish maqsadida tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.
Yurtdoshlarimiz Rossiya Federasiyasida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob`ektlarida ish boshlaydi.






