Pilot loyiha doirasida respublikamiz bo`ylab Rossiya Federasiyasining qator yirik ish beruvchi tashkilotlari bo`sh ish o`rinlari uchun tashkil etilayotgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan 81 nafar yurtdoshimiz Amur va Blagoveshenskka jo`nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar bilan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, tibbiy ko`rik va ishlash huquqini beruvchi patent uchun kerak bo`ladigan aksariyat hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari O`zbekistonda amalga oshirilmoqda.
"Rossiya Federasiyasida qurilish sohasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov jarayonlari davom etmoqda" deyiladi xabarda.






