AsosiyJamiyat

​SSV: Prezidentning tibbiyot xodimlari bilan bo`lib o`tadigan ochiq muloqoti doirasida yo`llangan murojaatlarning 74 foizi o`z echimini topdi

'​SSV: Prezidentning tibbiyot xodimlari bilan bo`lib o`tadigan ochiq muloqoti doirasida yo`llangan murojaatlarning 74 foizi o`z echimini topdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan bo`lib o`tadigan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayoni qizg`in pallaga kirgan.

Prezident Administrasiyasi, Sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarning etakchi mutaxassislaridan tuzilgan shtab tarkibida “Sall-markaz”, Tahlil, ijro va nazorat guruhi hamda Media markaz faoliyat olib bormoqda.

 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz”ga shu kunga qadar jami 2055 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 74 foizi o`z echimini topgan bo`lsa, 26 foizi ijro jarayonida.

Yo`llanayotgan murojaatlar tibbiyotning deyarli barcha yo`nalishlarini qamrab olyapti. Misol uchun:

  •  437 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`iniga,
  •   123 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga,
  •  120 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga daxldor.

Shu kungacha:

  •  birlamchi tibbiy yordam xizmati bo`yicha 248 ta;
  •  tez tibbiy yordam xizmati bo`yicha 101 ta;
  •  ixtisoslashgan markazlar faoliyati bo`yicha 80 ta;
  •  tibbiyotning boshqa yo`nalishlari bo`yicha 467 ta murojaat o`z vaqtida hal qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahridan kelib tushgan 168 ta murojaatdan 146 tasi (87 foizi) o`z echimini topgan bo`lsa, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar hissasiga to`g`ri kelayotgan 1042 ta murojaatdan 750 tasi(72 foizi)ning ijrosi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar