AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" bayram munosabati bilan qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`ymoqda

'"Uzbekistan Airways" bayram munosabati bilan qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`ymoqda'ning rasmi

"Uzbekistan Airways"  matbuot xizmatining xabar berishicha,  yangi yil bayram kunlari arafasida – 2021 yilning 29 dekabridan 31 dekabriga qadar Toshkentdan Nukus, Urganch va Buxoro shaharlariga qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yiladi.

Qatnovlar quyidagi harakat jadvali bo`yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

  • Toshkent-Buxoro-Toshkent yo`nalishida 29 dekabr chorshanba kuni qo`shimcha qatnov amalga oshiriladi.

Toshkentdan jo`nab ketish 17:00, Buxoroga etib kelish 18:10;

Buxorodan jo`nab ketish 18:50, Toshkentga etib kelish 19:50.

  • Toshkent-Nukus-Toshkent yo`nalishida 29 dekabr va 31 dekabr kunlari qo`shimcha reyslar amalga oshiriladi.

Toshkentdan jo`nab ketish 13:10, Nuxda kelish 14:50

Nukusdan jo`nab ketish 15:30, Toshkentga etib kelish 16:50

  • Toshkent-Urganch-Toshkent yo`nalishida 29 dekabr va 31 dekabr kunlari qo`shimcha reyslar amalga oshiriladi.

29 dekabr chorshanba:

Toshkentdan jo`nab ketish 19:30, Urganchga etib kelish 21:00

Urganchdan jo`nab ketish 22:00, Toshkentga etib kelish 23:20

31 dekabr juma:

Toshkentdan jo`nab ketish 12:50, Urganchga etib kelish 14:20

Urganchdan jo`nab ketish 15:20, Toshkentga etib kelish 16:40

Eslatib o`tamiz, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. 

Ma`lumot uchun, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali chipta xarid qilib olayotganda 3% chegirma taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar