AsosiyDunyo

Tataristonda “Obamka” muzqaymog`i paydo bo`ldi

Tataristonning Naberejniy Chelna shahridagi zavodlardan biri tabiiy sutdan tayyorlagan “Obamka” nomli muzqaymog`ining bozori chaqqon bo`ldi.

Eskimoning ustida “Obamka” deb nomlangan qorachadan kelgan qahramon qo`lida cho`pli muzqaymoqni ushlab turgani aks etgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Fabrika direktori Anatoliy Ragimxanov bu ism ularga yoqib qolgani uchun muzqaymoqni shunday atashganini ma`lum qildi. Ammo dizaynerlar bu muzqaymoqning yaratilishiga “Chunga-changa” multfilmidagi habash bolalardan ilhomlanganliklari sabab bo`lganini aytishdi. 
Tatarston ahli ijtimoiy tarmoq orqali bu yangilikni qizg`in muhokama qilib, sutli krem bryuleli shokoladni “Erdoganka”, oq shokoladni “Merkelka” deb atashni taklif qildi.

    Boshqa yangiliklar