AsosiyJamiyat

«Kosmonavtlar» metro bekatida yo`lovchilar favqulodda vagondan tushirildi, chunki...

'«Kosmonavtlar» metro bekatida yo`lovchilar favqulodda vagondan tushirildi, chunki...'ning rasmi

Bugun soat 12:10 lar atrofida «Kosmonavtlar» metro bekatida 34-sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlandi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK Matbuot xizmati xabar qildi. 

Shu sababli, bekatda yo`lovchilar vagondan tushirilib, xavfsizlik choralari ko`rilgan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida poezd texnik ko`rikdan o`tkazish uchun depoga tomon harakatlandi. Jabrlanganlar yo`q, baxtsiz hodisa ro`y bermagan, deyiladi xabarda. 

Texnik nosozlik uchun «Toshkent metropoliteni» DUK yo`lovchilardan uzr so`radi.

    Boshqa yangiliklar