AsosiyJamiyat

Farg`onadagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 4 nafar oila a`zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi

'Farg`onadagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 4 nafar oila a`zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg`onadagi xonadonda gaz portlashi oqibatida oilaning 4 nafar a`zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi" deb nomlangan xabar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vaziriligining ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning  19 dekabr kuni soat 05:45 da. Qo`qon shahar “5-Vaqf Chorsu” MFY, Barxayot ko`chasi 20-uyda  gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo`lgan.

Voqea yuzasidan o`rganishlar natijasida, yashash xonadonining 1-qavatiga o`rnatilgan, rezina shlang bilan ulangan, qo`l bola uslubda yasalgan isitish pechidan gaz  sizib chiqqan. Fuqaro tabiiy gaz xidini sezmay ertalab soat 05:45 da xona chirog`ini yoqishi oqibatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Natijada 4 nafar xonadon egalari turli xil darajadagi kuyish tan jarohati olgan . Hozirda xolat yuzasidan tegishli soha xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar