AsosiyDunyo

Yiqilib tushgan ojiz ayolning ko`zlari ko`ra boshladi

AQShning Janubiy Florida shtatida yashovchi, 20 yildan beri ko`zi ojiz bo`lgan 70 yoshli Meri Enn Frankoning ko`zlari ochildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

“Ertalab uyg`onib, daraxtlar orasidan quyosh nurlarining porlab turganini ko`rib, hayajonga tushyapman”, deydi ayol xursand bo`lib.

1995 yilda yo`l-transport hodisasiga uchrab, umurtqasidan tan jarohati olgan Meri Enn Frankoning ko`zi ko`rmay qolgan edi. Yaqinda ayol yiqilib, bo`ynini qayirib oldi. Qo`li va belidagi og`riqni engillashtirish maqsadida o`tkazilgan jarrohlik operasiyasidan so`ng uning ko`zlari ko`ra boshladi.   

“Bunday voqeaga ilgari guvoh bo`lmaganman. Qo`shimcha qon oqimi ko`zning ochilishiga sabab bo`lishi mumkin. Hozircha bu nazariya, xolos”, – deydi ayolni operasiya qilgan neyrojarroh Jon Afshar.

Nashrning xabar berishicha, Meri Enn Frankoda YTHgacha mavjud bo`lgan daltonizm kasalligi ham yo`qolgan.

    Boshqa yangiliklar