Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi️ning tezkor ma`lumotiga ko`ra, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog`lovchi “Taxtaqoracha” dovonida noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatildi.
Ta`kidlanishicha, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko`rilmoqda.
Haydovchilardan ehtiyotkor bo`lishlarini, ob-havo va yo`l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishlari so`ralmoqda.






