AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati hokimi ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordamni "Qorbobo" bo`lib topshirmoqda (video)

'Sirdaryo viloyati hokimi ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordamni  "Qorbobo" bo`lib topshirmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirish, ushbu toifa vakillarining Yangi yil bayramini ko`tarinki ruhda va munosib nishonlashini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta`minlangan qatlamlarini qo`llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur qarorning ijrosini ta`minlash maqsadida Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev "Qorbobo" obrazida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam va Prezident tabrigini bayramona kayfiyatda tarqatib chiqayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. 

Xabar tagida izoh qoldirayotganlar hokimning bu tahlit xalq orasida yurganini ijobiy baholashmoqda. Izoh qoldiruvchilarning ma`lum qilishlaricha  mahallalarda hokim o`rinbosarlari ham kam ta`minlangan oilalarga sovg`a-salom ulashilayotgani aytilgan. 

    Boshqa yangiliklar