AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ham “MAN” yuk mashinasi yonib ketdi

'Qashqadaryoda ham “MAN” yuk mashinasi yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 26 dekabr kuni soat 08:55 larda  Chiroqchi tumani hududidan o`tuvchi halqaro ahamiyatga ega A-380 avtomobil yo`lining 45 kilometrida “MAN” rusumli yuk avtomashinasi harakatlanish jarayonida avtomobilning orqa chap shinasidan kelib chiqqan yong`in natijasida avtomoshina saloni va kuzov qismlari to`liq yonib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Xolat yuzasidan, Qarshi tuman IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, sal avval Samarqandda ham “MAN” rusumli bu mashinasi yonib ketgani xabar qilingan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar