Uzbekistan Airways Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Namangan va Qarshiga qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`ymoqda.
Qayd etilishicha, bunga talabalardan kelib tushayotgan talab sabab bo`lgan.
Shuningdek, joylarda aholi qatnovlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 27 dekabridan 30 dekabriga qadar Toshkentdan Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Namangan va Qarshiga qo`shimcha parvozlar amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, talabalar 50% chegirma bilan aviachiptalarni faqat Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilishlari mumkin.
Ma`umot uchun, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3% chegirma taqdim etiladi.






