1

Yangiqo`rg`onda qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Jinoyat 27.12.2021, 18:15
Yangiqo`rg`onda qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida, DXX va DBQ xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqarolar O`.T., M.Sh. va A.S.lar qalbaki 5 000 AQSh dollarini fuqaro L.ga 4 000 AQSh dollariga o`tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1