Ijtimoiy tarmoqlardan birida e`lon qilingan surat internet foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Mazkur suratda ikkita mushuk aks etgan. Diqqat bilan razm solinsa, ulardan biri ikkinchisining jonli soyasidek ko`rinadi. Fotosurat qisqa muddat ichida million marta ko`rildi.
Post muallifining ma`lum qilishicha, suratdagi qora mushukning laqabi Salli.

“Uni Shedou (soya) deb nomlasam ham bo`lar ekan”,—deydi post muallifi.
Internet foydalanuvchilarini suratda qora mushukning soyasi ko`rinmagani ham hayratlantirdi.
“Salli qandaydir g`ayrioddiy jonli soyaga o`xshaydi”,—deyiladi izohlarda.





