Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Paxtaobod tumanida yashovchi 31 yoshli shaxs to`xtatib tekshirilganida, uning yonidan 288 grammdan ziyodroq “gashish” giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan surishtiruvlar natijasida u ushbu giyohvandlik moddasini 44 yoshli mahalliy aholi vakilidan sotib olganligi aniqlandi. Mazkur fuqaroning uyi tekshirilganida 105 grammdan ortiqroq “gashish” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





