AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways Namangandan Rossiyaning 8ta shahriga muntazam parvozlarni amalga oshiradi

'Uzbekistan Airways Namangandan Rossiyaning 8ta shahriga muntazam parvozlarni amalga oshiradi'ning rasmi

2022-yilning 31-yanvaridan boshlab aviakompaniya Uzbekistan Airways Express havo kemalarida Full Economy (to`liq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Ekaterinburgga to`g`ridan-to`g`ri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Talab oshgani sayin, Namangandan yo`nalish tarmog`ini kengaytirish ham ko`rib chiqiladi.

Hozirgi vaqtda Farg`ona shahar xalqaro aeroportidan Moskva, Qozon va Istanbulga aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, va bu “Sharqiy” xab tashkil etilishining birinchi bosqichi bo`lib xizmat qildi. “Sharqiy” xabni rivojlantirishning ikkinchi bosqichi yakunlangach – Namangandan parvozlarni amalga oshirish boshlangandan so`ng, Uzbekistan Airways uchinchi bosqichga – Farg`ona shahridan parvozlar sonini ko`paytirish, shuningdek Farg`ona xalqaro aeroportidan yo`nalish tarmog`ini kengaytirishga o`tadi. Shu bilan birga, Farg`onadan pavozlar faqat klassik (biznes va iqtisodiy sinflar) aviaqatnovlar asosida tashkil etiladi.

Bugungi kundagi Namangan shahridan Rossiya Federasiyasi shaharlariga yo`nalishlar bo`yicha parvozlar uchun aviachiptalar narxi va aviaqatnov kunlari quyidagicha:

Namangan – Moskva – Namangan parvozlari haftasiga besh marta – dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi:

Namangan – Moskva, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 582 000 so`mdan.

Namangan – Moskva, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 717 000 so`mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Perm – Namangan, parvozlar shanba kunlari amalga oshiriladi:

Namangan – Perm, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 816 000 so`mdan.

Namangan – Perm, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 023 000 so`mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Samara – Namangan, parvozlar shanba haftasiga ikki marta – yakshanba, dushanba, chorshanba, payshanba (keyingi kunga o`tadigan tungi parvozlar) kunlari amalga oshiriladi:

Namangan – Samara, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 728 000 so`mdan.

Namangan – Samara, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 899 000 so`mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Omsk – Namangan, parvozlar juma kunlari amalga oshiriladi:

Namangan – Omsk, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 829 000 so`mdan.

Namangan – Omsk, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 036 000 so`mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Orenburg – Namangan, parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi:

Namangan – Orenburg, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 838 000 so`mdan.

Namangan – Orenburg, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 046 000 so`mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Irkutsk – Namangan, parvozlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi:

Namangan – Irkutsk, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 2 053 000 so`mdan.

Namangan – Irkutsk, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 297 000 so`mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Krasnodar – Namangan, parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi:

Namangan – Krasnodar, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 813 000 so`mdan.

Namangan – Krasnodar, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 008 000 so`mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Ekaterinburg – Namangan, parvozlar payshanba/juma (keyingi kunga o`tadigan tungi parvoz) kunlari amalga oshiriladi:

Namangan – Ekaterinburg, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 869 000 so`mdan.

Namangan – Ekaterinburg, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 052 000 so`mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar