Pokistonning Balujiston provinsiyasining Kvetta shahrida kuchli portlash sodir bo`ldi. Bu haqda “Express Tribune” gazetasi asosida Ria Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida 4 kishi halok bo`ldi, 13 kishi yaralandi. Portlash shahardagi "Salim" kasalxonasi yaqinida yuz berdi. Jarohat olganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
Hozircha portlashga nima sabab bo`lgani ochiqlanmagan. Polisiya voqea joyiga kelib atrofni o`rab olgani aytilmoqda.