Buyuk Britaniyada koronavirus bilan bog`liq holat soni ko`payishda davom etmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish holatlari bo`yicha rekord qayd etilib, 189 ming 213 kishida kasallik aniqlandi.
Bundan tashqari, oxirgi sutkada shifoxonaga yotqizish va o`lim holatlari soni ham o`sganligi aytilmoqda.