Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 26-28 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.





