AsosiySport

"Chelsi" Lukakuni 600 ming evro jarimaga solishi mumkin. Sababi...

'"Chelsi" Lukakuni 600 ming evro jarimaga solishi mumkin. Sababi...'ning rasmi

"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuga jurnalistlar bilan bo`lgan intervyusi tufayli jarimaga tortiladi. Bu haqda "La Gazette dello Sport" nashri xabar berdi. 

Ma`lum qilishicha, "Chelsi" belgiyalik futbolchidan 600 ming evro jarima undirishi mumkin. Sababi intervyuda Lukaku klubdagi ichki muhitdan, bosh murabbiyning taktikasidan norozi ekanini oshkor qilgandi.

Keyinchalik klub bosh murabbiyi Tomas Tuxel va klub direktori Marina Granovskaya belgiyalik futbolchi bilan uchrashgani va masalasini kelishib olgani borasida ma`lumotlar paydo bo`lgandi. 

Qo`shimcha ma`lumot uchun, Romelu "Chelsi"da yiliga 12 million evro maosh oladi

Boshqa yangiliklar