10 may kuni Toshkentning Olmazor tumanidagi “Chilguton” mahallasida “Spark” avtomobilini boshqargan ayol 6 yoshli bolani urib ketgan.
Voqea soat 18:00-19:00 oralig`ida Taxtapul Darvoza ko`chasi bo`ylab sodir bo`lgan. UZ24 nashriga shu hududda istiqomat qiluvchi aholining ma`lumot berishicha, bola yo`lga katta reklama banneri orqasidan yugurib chiqqan va ayol uni payqamay qolgan.
Ayrim guvohlarning ma`lumotlariga ko`ra, ayol voqea sodir bo`lgan paytda telefonda SMS yozish bilan ovora bo`lgan, shu sababli vaqtida tormoz bosishga ulgurmagan. Ushbu ma`lumot tasdiqlanmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan YHXB xodimlari etib kelgan.
Suratda: YTH sodir bo`lgan Taxtapul Darvoza ko`chasi





